Donald Tramp Evander Xolifild hamda Vitor Belfort jangini sharhlaydi

Donald Tramp Evander Xolifild hamda Vitor Belfort jangini sharhlaydi
AQSHning 45-prezidenti Donald Tramp yarimog‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Vitor Belfort va professional boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Evander Xolifild (44-10, 29 KO) o‘rtasidagi jangni sharhlab boradi.

“Men yaxshi jangchilarni va ajoyib janglarni yaxshi ko‘raman. Shanba oqshomini bokschilarni ko‘rish va ringdagi fikrlarim bilan o‘rtoqlashish uchun orziqib kutaman. Siz bu maxsus tadbirni o‘tkazib yubormang”, - dedi Tramp.

Jang 11 sentabr kuni Gollivudda (Florida, AQSH) “Seminole Hard Rock Hotel & Casino”da bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Ushbu to‘qnashuv professional boks qoidalar asosida o‘tkaziladi. Shuningdek, Xolifild koronavirusga chalingan sobiq olti divizion chempioni Oskar De La Xoyaning o‘rnini egallagan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar