
Ertaga, yurtimizga o‘z vaqtida ajoyib janglari bilan barchani sevimli bokschisiga aylangan rossiyalik Konstantin Szyu tashrif buyuradi. Kostya Szyu Toshkentda qad rostlagan “Medion” sog‘lomlashtirish kompleksining ochilish marosimiga taklif etilgan.
Mazkur tashrif mobaynida bokschi ishtirokida matbuot anjumani va ochiq mashg‘ulotlar kabi jarayonlar ham bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha Szyu ishtirokidagi matbuot anjumani ertaga 15:00 da “Medion” sog‘lomlashtirish kompleksining o‘zida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Konstantin Szyu faoliyati mobaynida 31 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Raqiblarini 25 marotaba nokautga uchratgan holda WBC, WBA va IBF chempionlik kamarlarini ham qo‘lga kirita olgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar