Eronda shahar hokimi qurolli hujum oqibatida halok bo‘ldi

Eronda shahar hokimi qurolli hujum oqibatida halok bo‘ldi

Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatidagi Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida halok bo‘ldi. Hodisa 2026 yil 28 oktyabr kuni ertalab sodir bo‘lgan. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari viloyat gubernatori o‘rinbosari Abdolali Arjang ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shahar hokimi o‘qotar quroldan yaralanishi oqibatida vafot etgan. Viloyat gubernatori o‘rinbosarining aytishicha, dastlabki ma’lumotlar hodisaning xavfsizlikka tahdid solish bilan bog‘liq emasligini ko‘rsatmoqda.

Hozircha hujum qanday sharoitda sodir bo‘lgani, uning sabablari va gumonlanuvchi yoki gumonlanuvchilarning shaxsi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisa yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar