Litvadagi futzal bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gvatemala bilan o‘yin o‘tkazdi. Bellashuvda vakillarimiz 4:1 hisobidagi mag‘lubiyatni 4:4 ko‘rinishiga olib kelgandi. Biroq yakunda raqibimiz gol urib, g‘alabani ilib ketdi.
Uchrashuvdan so‘ng PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida o‘z fikrlarini bildirdi.
- O‘zbekiston futzalchilari baribir zo‘r. Ular mundialga borish bilangina kifoyalanishmayapti, ular jahon chempionatida g‘olib chiqishga intilishyapti. Shuning uchun ham ular zo‘r.
Futbolda iroda va tajriba degan tushunchalar bor. Futzalchilarimiz irodasi o‘yin 2:4 vaqtida ko‘rindi va ular katta qiyinchilik bilan muvozanatni tiklashdi. Qolganiga esa ozgina tajriba yetishmadi.
Shunday mag‘lubiyatlar bo‘ladiki, uni yaxshi kayfiyatda qabul qilasan. Kimgadir jiddiy e’tirozing bo‘lmaydi. Bugun biz shunday mag‘lubiyat bilan yuzlashdik. Shu temp va ishtiyoqda davom etishimiz kerak, - dedi Diyor Imomxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi