A Seriyaning uchinchi turida “Sassuolo”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv Joze Mourino uchun bosh murabbiylik lavozimidagi 100-o‘yin bo‘ldi. Portugaliyalik mutaxassis bu marra zabt etgan 48-mutaxassis hisoblanadi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha jahon rekordi ser Aleks Fergyusonga tegishli. Bu murabbiy shogirdlarini 2155 marotaba maydonga boshlab tushgan. Keyingi o‘rinlarda Arsen Venger (1701 ta o‘yin) va Grem Terner (1659 ta o‘yin) qayd etilgan.
Mourino o‘zi bosh murabbiy bo‘lgan uchrashuvlarning 64 foizida g‘alabani nishonlagan va bu borada kuchli uchlikdan o‘rin olgan. Faoliyatida jamoasini 640 ta uchrashuvda g‘oliblikka imholantirgan portugaliyalik mutaxassis bu borada o‘tgan asrda “Reynjers”ni boshqargan Bill Strut (66,8 foiz g‘alaba) va “Seltik” ustozi bo‘lgan Villi Meylidan (64,5 foiz g‘alaba) ortda qolmoqda.
Mourinodan keyin minglik dovonni “Vest Xem” bosh murabbiyi Devid Moyes bosib o‘tishi kutilmoqda. Bu mutaxassis hisobida 988 ta uchrashuv bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi