23:02 / 14.09.2021
2 152

OCHL. "Istiqlol" so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborib, musobaqa bilan xayrlashdi

OCHL. "Istiqlol" so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborib, musobaqa bilan xayrlashdi
Osiyo chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Istiqlol" va "Persepolis" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga yetdi. Dushanbe shahrida kechgan bahsda maydon egalari so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol evaziga mag‘lubiyatga uchradi va musobaqa bilan xayrlashdi. Uchrashuvdagi yagona gol 91-daqiqada Mexdi Torabi tomonidan kiritildi.

OCHL. 1/8 final
"Istiqlol" (Tojikiston) - "Persepolis" (Eron) 0:1
Gol:
Mexdi Torabi 90+1'
"Istiqlol" – Muxriddin Xasanov, Zoir Jo‘raboyev, Aleksey Larin, Axtam Nazarov (Mabatshoyev Shervoni, 87), Manuchexr Safarov, Amirbek Jo‘raboyev, Islom Zoirov, Alisher Jalilov, Vaxdat Xanonov, Rustam Soirov.
Persepolis – Hamid Lak, Siamak Nemati, Farshad Faraji, Said Jalol Husayni, Vohid Amiri, Omid Alishoh (Hamid Pakdel, 79), Said Agai, Milod Sarlak, Mexdi Torabi, Mexdi Abdi (Isa Alkasir, 79), Rizo Asadi.
Ogohlantirishlar: Farshad Faraji (19), Milod Sarlak (79), Manuchexr Safarov (80).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL. "Istiqlol" so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborib, musobaqa bilan xayrlashdi