06:37 / 17.09.2021
2 099

Konferensiyalar Ligasi. "Roma" yirik g‘alaba bilan boshladi, Shomurodovdan ikki assist!

Konferensiyalar Ligasi. "Roma" yirik g‘alaba bilan boshladi, Shomurodovdan ikki assist!
Yevropa Konferensiyalar Ligasi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan "Roma" va SSKA Sofiya jamoalari ishtirokidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur baxsda rimliklar yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Mehmonlar 10-daqiqada tezkor gol urishga erishdi. Keri o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Oradan 15 daqiqada o‘tib, "bo‘rilar" sardori Pellegirini super goli bilan javob qaytardi.

Bellashuvning 38-daqiqasida Shomurodovning uzatmasidan so‘ng Stefan El-Shaaravi "Roma"ni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limda boshqa gol urilmadi.

Bahsning 62-daqiqasida Pellegrini dublini rasmiylashtirdi. Keyinchalik Manchini va Abraxam ham raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Temmining goliga legionerimiz assistentlik qildi.

"Roma" (Italiya) – "SSKA" Sofiya (Bolgariya) 5:1
Gollar:
Pellegrini 25', 62', El-Shaaravi 38', Manchini 82', Abraxam 84 – Keri 10'
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Ibanes, 46), Smolling, Manchini, Kalafori (Kumbulla, 77), Pellegrini (Abraxam, 75), Vilyar (Veretu, 57), Diavara (Kristante, 57), El-Shaaravi, Shomurodov, Karles Peres.
SSKA Sofiya – Buzatto, Turitsov (Donchev, 74), Matey, Lam, Galabov, Maziku, Keri, Yomov (Bai, 67), Muxar, Vildsxut, Krastev (Axmedov, 88).
Ogohlantirishlar: Vildsxut (67), Lam (90).
Chetlatish: Vildsxut (80).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konferensiyalar Ligasi. "Roma" yirik g‘alaba bilan boshladi, Shomurodovdan ikki assist!