21:49 / 18.09.2021
1 554

O‘zbekiston Misrni mag‘lub etib, tarixda ilk bor pley -offga yo‘l oldi

O‘zbekiston Misrni mag‘lub etib, tarixda ilk bor pley -offga yo‘l oldi
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Misr – O‘zbekiston uchrashuvi yakunlandi. Mazkur bahsda terma jamoamiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Uchrashuvning ikkinchi daqiqasida Nishonov gol urib, hisobni ochdi. Ikkinchi taymning dastlabki daqiqalarida Misr futbolchisi oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. 34-daqiqada Anasxon Rahmatov super gol urib, termamizni keyingi bosqichga olib chiqdi.

"B" guruhi. 3-tur
O‘zbekiston - Misr 2:1
Gol:
2 - Husniddin Nishonov (1:0), 19 - Mustafo Eid (1:1), 33 - Anasxon Rahmatov (2:1)

Dastlabki beshlik: 12.Ravshan Eliboyev, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhom Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron Choriyev.
Zaxira: 1.Rustam Umarov, 16.Abbos Elmurodov, 2.Anasxon Rahmatov, 3.Mashrab Odilov, 5.Muzaffar Ahadjonov, 7.Dilshod Rahmatov, 11.Akbar Usmonov, 14.Xushnur Erkinov, 15.Sunnatilla Jo‘rayev.

Misr: Abdulnosir, Dunga, Mansur, Shula, Alla.
Zaxira: Shober, Elashval, Bodi, Ahmed, Said, Eid, Xusni,Koki, Yusri.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar


Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Misrni mag‘lub etib, tarixda ilk bor pley -offga yo‘l oldi
[/banner_pushhouse