Sports.uz sayti futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi doirasidagi bir nechta uchrashuvni translyatsiya qildi. Meni sharhlaysiz, deb "komanda"ga qo‘shib olishdi. Bordik. To‘g‘risi, hayron qoldim. Yaratilgan sharoitlar, futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati (saytimiz avvalroq bu bahslarni ham translyatsiyasini amalga oshirgan edi) yer bilan osmoqchalik farq qilar ekan.
"Bunyodkor" va "XuanXin Jizzax" o‘rtasidagi bahs edi adashmasam. Uchrashuv belgilangan vaqtdan, deyarli 1 soat o‘tib boshlandi. Nega deysizmi? Shifokorlar kelmagani uchun. Olmaliqdagi futzal parketining ahvoli haqida ortiqcha fikr bildirmayman. Shunchaki, tasavvur qilib ko‘ring! Shifokorlarni ikki jamoa vakillari 60 daqiqa kutib o‘tirdi. Eng qizig‘i shundaki, buni yigitlar normal holat sifatida qabul qildi...
O‘yin yakunlangach, futzal jamoalari eskiroq "Isuzu" avtobusida qaytib ketdi. Ularning ortida qarab qolar ekanman, biroz xafa bo‘ldim. Futzalda Osiyoning eng kuchli 3 jamoasidan biri bo‘lishiga qaramay, ularni hech kim tanimaydi. Hech kimni ular bilan ishi yo‘q... Bir necha oy o‘tib, shifokorni eski o‘rindiqlarda o‘tirgancha sabr qilib kutib o‘tirgan yigitlar mundialda tarix yaratdi.
Ochig‘i, bugungi o‘yin barcha g‘am tashvishlarimizni bir zumga unutishga majbur qila oldi. Siz ham so‘nggi 30 soniyani yurakda hayajon, qalbdagi titroq bilan tomosha qildingizmi? Endi, parketdagi futzalchilarimizni nimani his qilganini bir tasavvur qilib ko‘ring!
Ketma-ket ikki mag‘lubiyatga qaramay, oxirigacha kurash olib borgan yigitlarimiz haqli ravishda keyingi bosqichga yo‘l olishni uddaladi. Negadir, bugun Aziz Haydarov bilan bo‘lgan suhbat yodimga tushdi...
"Bizning futbolda halollik bo‘lmas ekan, doim so‘nggi soniyalarda mag‘lub bo‘laveramiz. Qachon barchasi adolat yuzasidan bo‘lsa, o‘shanda yaratgan ham bizga istaganimizni beradi!"
Bu O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Aziz aka aytgan so‘zlar. Qaysidir ma’noda, voqeani ichkaridan biladigan inson sifatida uning fikrida jon bordek. Har holda, futzal buni bugun isbotladi. Bu so‘zlarim bilan futbolda adolat yo‘q, demoqchi emasman. Shunchaki, Bahodir Ahmedov shogirdlari Misr ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlayotganda shu so‘zlar hayolimga kelib qoldi. Aybga buyurmaysiz!
Darhaqiqat, bugun xalqimiz quvonchi uchun arslonlardek kurashgan, iroda namoyish etgan yigitlar qaysidir ma’noda Haydarovning so‘zlari rost ekanligini isbotlagandek. Bundan 3-4 yil avval mamlakatimizda tugatilishi kutilgan, e’tiborsiz qoldirilgan futzal bugun xalqimiz uchun chinakam bayram taqdim etdi. Buning uchun jonkuyar, o‘zimizning qorako‘zlarga rahmat.
O‘ylashimcha, bugun tunda Misr bilan bahsda ishtirok etgan barcha futzalchi, yillar o‘tib nabiralariga maqtanib aytib beradigan xotira bilan O‘zbekistonga qaytadi. Pley-offda kim bilan to‘qnash kelishimiz shaxsan menga qiziq emas. Asosiysi, tarix bizni yodida abadiy saqlaydi!
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”