11:23 / 19.09.2021
2 318

«Akrom Xo‘jayev va Javohir Esonqulovni ‘dubinka’ bilan urishgan — «Surxon» sobiq futbolchisi Javohir Esonqulovning rafiqasi

«Akrom Xo‘jayev va Javohir Esonqulovni ‘dubinka’ bilan urishgan — «Surxon» sobiq futbolchisi Javohir Esonqulovning rafiqasi
«Surxon» sobiq futbolchisi Javohir Esonqulov klubning 4 nafar a’zosi tomonidan kaltaklangani va «Surxon» futbolchini klub rahbarini haqorat qilganlikda ayblayotgani haqida xabar berilgandi. Javohir Esonqulovning rafiqasi futbolchiga qilingan xatti-harakatlar va voqea borasida videomurojaat bilan chiqdi.

- "Xayrli kech, do‘stlar, sizlardan qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rayman va adolat qaror topishini istayman. Chunki ba’zi insonlar qo‘lida hukmronlik bor deb o‘ylaydi, prezident apparatida tanishlari borligi va ularga hech nima bo‘lmasligini iddao qilmoqda. Kecha «Surxon» klubi vitse-prezidenti Azamat Abdurahmonov turmush o‘rtog‘imni (Javohir Esonqulov) pullarni to‘lab beramiz, deb aldov yo‘li bilan chaqirdi. Avval Akrom Xo‘jayevni, keyin Javohir Esonqulovni to‘qmoq (‘dubinka’) bilan ura boshlashgan. Jamoa sardori Asror G‘ofurov ularni ushlab turgan. Aldashimga sabab yo‘q, men shunchaki shokdaman. Shuncha yildan buyon futbol ichidaman, lekin odamlarga bunday hayvonlarcha munosabatni birinchi marta ko‘rishim. Futbolchiga bunaqa munosabat, uning ko‘zlariga urishgan, stellar bilan, to‘qmoq bilan.

Keling, adolat uchun do‘stona kurashaylik. Bunday murabbiylar qanday qilib jamoani shug‘ullantirishi mumkin, o‘zi umuman bundaylarga qanday ish berish mumkin?

Hissiyotlarim uchun uzr so‘rayman. Juda hayratdaman. Tushuna olmayapman, bunday insonlar qanday qilib futbolchilar bilan ishlaydi? Ular erkakman deyishadi, kunda besh mahal namoz o‘qishini ta’kidlaydi, lekin yolg‘on gapiradi. Agar ular to‘g‘rilikcha so‘raganda, turmush o‘rtog‘im indamay yozib berardi. U o‘z haqqini so‘rab borganida rad javobini olgan. U yarim yil ishladi va o‘z pullarini so‘ragandi. Turmush o‘rtog‘im 31 avgust kuni devorga ‘Azamat …’ deb yozgan.

Shundan so‘ng ular avval Akrom Xo‘jayevni, keyin Javohirni alohida-alohida aldab chaqirib, do‘pposlagan. Ular barcha videotasvirlarni o‘chirib tashlagan. Ular hamma narsani oldindan tayyorlab qo‘ygan. Spirt, otvyortka va arqon oldindan tayyorlab qo‘yilgan bo‘lgan. Yigitlarga tahdid qilishgan va ular bosim ostida devorga yozganini tan olishga majbur bo‘lgan.

Kecha yolg‘on gapirgan, besh vaqt namoz o‘qishini aytgan Asror G‘ofurov bugun qo‘ng‘iroq qilib, ‘Javohir, do‘stona hal qilaylik, mening oilam bor, bolalarim bor’, dedi. Kecha urayotganda shuni o‘ylamaganmidi? Akromning ham, Javohirning ham oilasi borligini bilmaganmidi? Qanday qilib u o‘zini erkak deb hisoblashi mumkin?", - deydi Javohir Esonqulovning rafiqasi.

Javohir Esonqulov
Foto: Instagram / @rumir32

«Surxon» jamoasi sardori Asror G‘ofurov esa «Championat.asia» saytiga voqea boshqacha bo‘lganini gapirib berdi.

Asror G‘ofurov
- "Bo‘lgan voqeani ozmi-ko‘pmi ko‘pchilik biladi. Saytingiz orqali o‘qidim. Vaziyat bunday bo‘ldi. Mukofot pullari berilayotgani munosabati bilan klub ofisiga bordim. Shu pallada eshikdan kiraverishda haqoratli yozuv ko‘rdim. Kim qildi deb so‘radim. Videoyozuvni ko‘rsatishdi. Tasvirlarda Akrom Xo‘jayev bilan Javohir Esonqulov bor edi. Telefon orqali Akromni chaqirtirdim. U buni qilmaganini aytdi. Javohir qildimi desam, bilmayman dedi. Nima uchun qilishganini so‘radim. Jahl ustida bu ishga qo‘l urishganini ta’kidladi.

‘Sizlar jamoadan haydadilaring, biz klubsiz qoldik’, kabi gaplar bo‘ldi. Bizdan jahli chiqqan ekan. Javohir Esonqulov 15—20 daqiqada yetib keldi. Unga videoyozuvni ko‘rsatdim. Javohir ‘men qildim’, dedi. O‘sha payt janjal kelib chiqdi. Eslayman, ko‘ziga qo‘lim qattiqroq tegib ketdi. Bir-birimizga yopishmoqchi bo‘lganimizda ajratishdi. Akrom ajratayotgan pallada unga ham qo‘lim tegib ketdi. Qaragan paytim boshi ozroq shishgandi. Ancha payt gaplashib o‘tirdik.

Ular aytganidek, ‘bizni ushlab turdi, to‘rt kishi urdi’, degan narsa bo‘lgani yo‘q. Agar shunday holat yuz berganida, tan jarohat qattiq yetkazilgan bo‘lardi. Yakunda kelishib oldik. O‘zlari ham qog‘ozga yozib berishdi. ‘Yoshlik qildik, kechiring‘, deyishdi. Tashqariga chiqib iliq xayrlashdik. Erkakcha qo‘l tashlandi. Kechqurun 22:30 larda mahalla noziri qo‘ng‘iroq qilib chaqirdi. Bo‘lgan voqea shu. Javohir Esonqulov pashshadan fil yasamasligi kerak edi. U aytayotganidek, ‘bir kishi ushlab, bir kishi urdi’, degan gaplar noto‘g‘ri. Ko‘zi shishib ketdi. O‘zim ham afsuslanib qoldim. To‘qmoq (‘bita’) bilan urdi, degan gaplar mish-mish. Ushbu holat futbolimiz uchun yaxshi emas. Yuziga teggan gard. Butun xalqimiz guvoh bo‘ldi. Bu kichkina narsa edi, deya olaman. Jamoa sardori sifatida to‘g‘ri tushuntirdim. Ozmi-ko‘pmi shu yerdan non-tuz yedi. Klubga moliyaviy tomondan e’tirozim yo‘q deb yozib bergan.

O‘zim Surxondaryo farzandi bo‘lganim uchun og‘riqli bo‘ldi. O‘FAdan ham, PFLdan ham uzr so‘rayman. Maqtanadigan narsa emas. Tarqalib ketishi xayolimga ham kelmagandi. Agar futboldagi shunga o‘xshash narsalar ommaga olib chiqilib tarqatilsa, futbolning futbolligi qolmaydi. Futbolda, maydonda qizishib ketish natijasida bo‘lib turadi. Lekin oxiri qo‘l berib kelishib ketiladi. Akromdan kutmagandim. Bu o‘zbek futboli, faoliyatimiz uchun yoqimli holat hisoblanmaydi. Hayotimda ilk bor bunday hodisa bo‘lyapti", - dedi «Surxon» jamoasi sardori Asror G‘ofurov.

O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoyev ham vaziyatga munosabat bildirdi. Murzoyevning so‘zlariga ko‘ra masala yuzasidan ichki ishlar xodimlari va prokuraturaga murojaat qilingan.

«Surxon» jamoasi barcha aybni Asror G‘ofurovga yuklab qo‘yayotgani achinarli hol», — deydi Murzoyev.

Ma’lumot uchun, Javohir Esonqulov faoliyatini «Metallurg»da boshlagan. Bundan tashqari, u «Bunyodkor», «Qo‘qon-1912», «Nasaf» kabi jamoalar sharafini ham himoya qilgan. 2021 yilda esa «Surxon»ga o‘tgan. Jamoa safida 5 ta o‘yinda ishtirok etgan. 2021 yilning 21 iyul kuni futbolchi jamoa bilan shartnomasini bekor qilgan. Hozirda Esonqulov erkin agent hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Akrom Xo‘jayev va Javohir Esonqulovni ‘dubinka’ bilan urishgan — «Surxon» sobiq futbolchisi Javohir Esonqulovning rafiqasi