O‘zbekiston terma jamoasining Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Farruh Ikromov jarohat olib, maydonni tark etgandi. Tekshiruvlar natijasida ushbu jarohat jiddiyroq ekani va jarrohlik amaliyoti talab etilishi ma’lum bo‘ldi.
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Farruh Ikromovning xonadonida bo‘lib, futbolchining salomatligi va ahvolidan xabar olishdi.
O‘FA tomonidan futbolchining tezroq sog‘ayib, safga qo‘shilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi ma’lum qilindi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerak, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Farruh Ikromovni davolashga Italiyaning mashhur jarrohlaridan biri Paolo Marianini jalb etdi.
23 sentabr kuni Ikromov Italiya poytaxti Rimga, "Villa Styuart" klinikasiga yo‘l oladi va u yerda professor Mariani tomonidan operatsiya qilinadi.
Manba: ufa.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
103 yoshli italiyalik ayol haydovchi jarimaga tortildi
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai
Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi
Italiya TIV rahbari: "Ukrainaga qo‘shinlarimizni yuborish Uchinchi Jahon urushiga sabab bo‘ladi"
Markaziy bank: 2024 yil oxirigacha inflyatsiya 8−9 foizlik prognoz diapazoni doirasida shakllanadi