20:00 / 20.09.2021
2 388

Diyor Imomxo‘jayev: Mourinoning taktikasi Babayan davridagi O‘zbekiston termasini eslatdi

Diyor Imomxo‘jayev: Mourinoning taktikasi Babayan davridagi O‘zbekiston termasini eslatdi
"Roma" Italiya chempionati doirasida "Verona" bilan kuch sinashdi. Bellashuvda Joze Mourino shogirdlari 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Hamyurtimiz uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Biroq uchrashuvni oxirigacha o‘tkazmadi. Bu gal vakilimizdan samarali harakatlar amalga oshirilmadi. Shomurodov bu gal qanotda o‘ynaganini ham e’tiborga olish darkor.

Ushbu holatga PFL direktori Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida o‘z fikrlarini bildirdi.

- Kecha "Roma" Mourino boshqaruvida rasmiy o‘yinlardagi ilk mag‘lubiyatini "Verona"dan qabul qilib oldi. Qizig‘i, uchrashuvni Eldor Shomurodov asosiy tarkibda boshlagandi.

Bunda murabbiy Abraxamni ham asosiy tarkibga kiritdi va angliyalik futbolchini o‘z pozitsiyasida o‘ynatdi, Eldorni esa orqaroqqa oldi. Bu holat Babayan davridagi O‘zbekiston termasini eslatdi. O‘sha vaqtda u Sergeyevni oldinga tashlab, Eldorni biroz orqaroqda o‘ynatib keldi. Kuper davrida esa Eldor o‘z pozitsiyasida o‘ynadi va rostmana porladi. "Roma"da ham hamyurtimiz oldingi chiziqda o‘zi ishtirok etgan barcha uchrashuvda foyda keltirdi.

Eldor murabbiy aytgan pozitsiyada bemalol o‘ynashi va har nuqtadan turib jamoasiga foyda keltira olishiga shubha yo‘q. Ammo har bir futbolchi o‘zini o‘ng‘ayroq his qiladigan nuqtalar bor ekanini ham inkor etib bo‘lmaydi. Biz bunda Mourinoni ham ayblay olmaymiz. Chunki unda vaqt kam edi va murabbiy Abraxam xarid qilingach, bir nechtagina rasmiy o‘yin o‘tkazdi xolos. Portugaliyalik uzoqni ko‘zlayapti va oldingi chiziqning 5-6 nafar asosiy futbolchisi biror sabab bilan safdan chiqib qolsa, keyingi rejalari qanday bo‘lishiga hozirdan oydinlik kiritib boryapti.

"Roma" navbatdagi uchrashuvni 23 sentabr kuni o‘z maydonida "Udineze"ga qarshi o‘tkazadi, - dedi Diyor Imomxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyor Imomxo‘jayev: Mourinoning taktikasi Babayan davridagi O‘zbekiston termasini eslatdi