21:25 / 21.09.2021
2 102

Poytaxt derbisida "Lokomotiv" alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi

Poytaxt derbisida "Lokomotiv" alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi
Superliga 19-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Lokomotiv" bahsi nihoyasiga yetdi. Ushbu bellashuvda mezbonlar raqibdan 3:2 hisobida ustun keldi.

O‘yinning 24-daqiqasida Abduxoliqov penaltidan unumli foydalanib hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, G‘iyosov muvozanatni tikladi. 58-daqiqada G‘ulomov "temiryo‘lchilar"ni yana oldinga olib chiqdi. Qo‘shimcha daqiqalar o‘tib borayotgan bir paytda G‘iyosov 11 metrlik nuqtadan gol urib, "qaldirg‘ochlar"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan bo‘lsa, 97-daqiqada Mirahmatov o‘yinga mantiqiy nuqtani qo‘ydi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng "Bunyodkor" ochkolarini 32 taga yetkazib, "Nasaf"dan o‘zib ketdi, "temiryo‘lchilrar" hisobidagi 26 ochko esa o‘zgarmay qoldi.

"Bunyodkor" – "Lokomotiv" - 3:2
Gol:
Temurxo‘ja Abduxoliqov 24, 0:1, Xurshid G‘iyosov 34, 1:1, G‘ulom Haydar G‘ulomov 57, 1:2, Xurshid G‘iyosov 90+1, Mirjahon Mirahmadov 3:2
"Bunyodkor": 71. Sarvar Karimov, 6. Avazbek O‘lmasaliyev, 7. Farhod Mirahmatov (Shahboz Erkinov 78), 10. Xurshid G‘iyosov, 13. Lutfulla To‘rayev, 14. Mirjahon Mirahmadov, 17. Odiljon Abdurahmonov, 26. Ulug‘bek Abdullayev ( 37. Muhammadodil Qahramonov, 78), 30. Abdulla Abdullayev, 34. Suhrob Izzatov (, 8. Sanjar Rashidov, 66), 49. Ibrohim Tomiva.
Zaxira: 1. Ravshan Yagudin, 3. Dian Talxatov, 21. G‘ayrat Azizxo‘jayev, 24.Bek Abdullayev, 33. Umarali Rahmonaliyev, 35.Azizbek Pirmuhammedov.

"Lokomotiv": 35. Javohir Ilyosov, 3. Islom Qobilov, 5.Kaxi Maxaradze(, 7. Sadriddin Abdullayev, 70), 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov (10.Marat Bikmayev, 81),, 14.Azizbek Amonov ( 19.Jasur Jaloliddinov, 66), 17. Sanjar Qodirqulov (, 27.Islom Rashidxanov, 81), 20.Jaloliddin Jumaboyev, 21. G‘ulom Haydar G‘ulomov, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 37. Sherzod Fayziyev, 77. Diyorjon Turopov (, 94.Xurshidbek Muxtorov, 81).
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 4.Dilshodjon Komilov, 22.Samuel Ope, 54.Igor Chikrizov.
Ogohlantirishlar: Suhrob Izzatov ("Bunyodkor"), 40, Ulug‘bek Abdullayev ("Bunyodkor") 48, Farhod Mirahmatov ("Bunyodkor") 72, Sanjar Qodirqulov ("Lokomotiv") 75, Sherzod Fayziyev ( "Lokomotiv") 79.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Poytaxt derbisida "Lokomotiv" alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi