“Roma” A Seriyaning beshinchi turida o‘z maydonida “Udineze”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu g‘alaba Joze Mourinoni yana bir rekordga yaqinlashtirdi. Portugaliyalik mutaxassis futbol uch ochkoli tizimga o‘tgan sana – 1994-1995 yilgi mavsumdan beri Italiyadagi uy uchrashuvlarida 41 ta uchrashuvdan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.
Mourino bu ko‘rsatkich bo‘yicha italiyalik murabbiy Massimiliano Allegriga yetib oldi va “Olimpiko”da bo‘ladigan navbatdagi bahsda ijobiy natija qayd esa, mutlaq rekordchiga aylanadi.
Allegri “Yuventus”ni boshqargan davrda turinliklar 2015-2017 yillar davomida o‘z maydonida qatorisiga 41 ta uchrashuvda mag‘lubiyat nimaligini bilmagan.
Joze Mourinoning bu seriyasi 2008-2010 yillarda “Inter”ni boshqargan davrdan boshlangan. “Roma” navbatdagi uy uchrashuvini 3 oktabr kuni “Empoli”ga qarshi o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...