21:53 / 24.09.2021
2 168

Bahodir Ahmedovning Eronga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari

Bahodir Ahmedovning Eronga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati nimchorak finali doirasidagi O‘zbekiston - Eron uchrashuvidan keyin (8:9) termamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Eron terma jamoasi juda kuchli. Dunyo bo‘yicha 3-4-o‘rinlarda yuradidan yetakchi terma jamoalardan biri hisoblanadi. Orqa chiziqda qilgan xatolarimiz va o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmaganimiz tufayli mag‘lubiyatga uchradik", – dedi Bahodir Ahmedov.

- Umumiy turnir haqidagi xulosalaringiz qanday?
- Yigitlarimiz juda yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi, lekin bundan ham yaxshiroq o‘yin ko‘rsata olishardi. Bugungi o‘yindan kelib chiqsak, yigitlardan ko‘nglim to‘q. Xudo xohlasa keyinchalik ham yaxshi o‘yin ko‘rsatib, saviyamizni oshirishga intilamiz.

- Jamoamiz yosh. Keyingi musobaqalarda yaxshi natija kutsak bo‘ladimi?
- Albatta, kutsak bo‘ladi. O‘z ustimizda ishlashimiz lozim. Jamoamiz juda yaxshi shakllangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Ahmedovning Eronga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari