23:10 / 25.09.2021
2 067

Viktor Kumikov: "Raqib feyr-pleyga rioya qilmadi"

Viktor Kumikov: "Raqib feyr-pleyga rioya qilmadi"
Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" – "Andijon" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Viktor Kumikov o‘z fikrlarini bildirdi.

- O‘yin haqida
- Rostini aytsam, kayfiyatim yo‘q. Ikki jamoa ham kurash olib borishdi. Afsuski, ikkinchi o‘yindirki, so‘nggi soniyalarda gol o‘tkazib yubordik. Penalti qanday yuzaga kelganini bilmayman, palapartishlik yuzaga keldi. U holatda hamma qoidani buzdi. 1:0 vaqtida albatta, narigi tomonga penalti berishyapti. Bizga esa bunday emas. Emotsiyaga berilib gapirayotgandirman, bir oz xafaman.

- Jamoangiz darvozabonining o‘yinidan qoniqmadingizmi? E’tiroz bildirdingiz...
- To‘pni yaqinimizdagi hududga emas, uzoqroqqa tepish kerak, shuning uchun e’tiroz bildirdim. Raqib feyr-pleyga rioya qilmadi. Futbolchilarimiz to‘pni qaytarishlariga ishonishgandi.

- Sizningcha, "Paxtakor" Qozog‘iston premer-ligasida o‘ynaganida, taxminan qaysi o‘rinni band etgan bo‘lardi?
- Yetakchilar qatorida yurgan bo‘lardi. "Qayrat", "Astana" kabi jamoalar bilan raqobatlashardi.

- "Andijon" futbolchilari vaqtni ko‘p cho‘zishdi. Bu sizning topshirig‘ingizmidi?
- Qaysi murabbiy "gol urib, vaqtni cho‘zinglar", deydi? Aksincha, men ularga qarshi hujumdan unumli foydalanishni buyurdim.

- Qaysi jamoalar Superligadan tushib ketadi deb o‘ylaysiz?
- Asosiysi, biz tushib ketmaylik. Meni shu qiziqtiradi.

- "Andijon" o‘tgan o‘yinga nisbatan kombinatsion o‘yin ko‘rsatdi...
- Qancha ochko to‘plaganimizni qarang. Kombinatsion futbol namoyish qila olamiz, ammo bizga ochko zarur. Superligada jon saqlab qolish uchun kurashyapmiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Viktor Kumikov: "Raqib feyr-pleyga rioya qilmadi"