20:40 / 30.09.2021
1 393

O‘FAda rahbariyat va murabbiylar bilan majlis bo‘lib o‘tdi

O‘FAda rahbariyat va murabbiylar bilan majlis bo‘lib o‘tdi
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda barcha terma jamoalarning bosh murabbiylari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot tinglandi.

Yig‘ilish davomida har bir yosh toifasidagi murabbiylar o‘z ishiga zamonaviy, rejali va bugungi kun jahon futbolidagi talablarga mos ravishda yondashishi zarurligi ta’kidlandi. Tayyorgarlik jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, murabbiylar shtabida esa doimiy ravishda tahlilchilar, seleksionerlar va to‘liq tibbiy tarkib bo‘lishi talab qilindi. Bu borada murabbiylar kengashining tajribali vakillari hamda futbolimizning Mirjalol Qosimov, Ro‘ziqul Berdiyev kabi yetuk mutaxassislari ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

O‘FA murabbiylarga barcha sharoitlar taqdim qiladi va o‘z navbatida yuqori talablar ham qo‘yadi. O‘tkazilgan uchrashuvlar, bo‘lajak raqiblar, har bir futbolchining xatti-harakatlari sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilishi va tahlil etilishi zarur. Dunyo futboli bilan hamnafas bo‘lish, tahliliy va tanqidiy yondashib, o‘z ustida ishlagan holda natijalarni yaxshilab borish har bir murabbiyning vazifasi”, - dedi Ravshan Ermatov.

Yig‘ilishda shuningdek, bolalar-o‘smirlar va ayollar futbolini rivojlantirish, ichki chempionatlar nufuzini oshirish, turnirlarga futbolchilarni nafaqat jismonan, balki ruhan tayyorlab borish masalalari ham muhokama etildi.

Futzal terma jamoasining Jahon Chempionatidagi ishtiroki ijobiy baholandi. O‘z navbatida, futzalni yanada rivojlantirish uchun o‘yinchilar yetishtirib berishda alohida tizim yo‘lga qo‘yish, bu borada akademiyalar tashkil etish kabi takliflar bildirildi.

Mutaxassislar tomonidan oldinda turgan musobaqalarga tizimli tayyorgarlik ko‘rish rejasi ishlab chiqilib, barcha yosh toifasidagi jamoalar uchun tatbiq etish vazifasi qo‘yildi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FAda rahbariyat va murabbiylar bilan majlis bo‘lib o‘tdi