O‘zbekiston Milliy terma jamoasi kecha Malayziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur baxsdan so‘ng termamiz bosh murabbiyi Srechko Katanes o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Birinchi navbatda futbolchilarimni ushbu g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Raqib nomdor bo‘lmasada, shogirdlarim o‘yinga jiddiy yondashdi. Ular butun o‘yin davomida tempni ushlab turdi. Ko‘rsatilgan professionallik uchun ularga minatdorchilik bildiraman.
Bugun biz jamoa sifatida yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. O‘ylashimcha, yangi futbolchilarni alohida ajratib ko‘rsatish adolatdan bo‘lmaydi. Shunga qaramay, debyut qilganlar o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oldi. Balki, muxlislar uchun uchrashuv oson o‘tgandek tuyulgandir, ammo bunday bo‘lmadi. Biz 90 daqiqa agressiv futbol ko‘rsatishga urindik. Maydon markazidagi to‘p uchun kurashda faol bo‘lganimiz va to‘liq pressingga suyanganimiz quvonarli holat.
To‘g‘ri, bitta gol o‘tkazib yubordik, biroq bunda faqat himoyachilar aybdor emas. Bo‘lim yakunida hujumda ham, maydon markazida ham pressing amalga oshirmadik. Shu sababli, ular bizga gol urdi. Nima bo‘lsa ham, himoya chizig‘idan qoniqdim", - dedi Katanes. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz