Foto: MIKEY WILLIAMS/TOP RANK INC VIA GETTY IMAGES
Las-Vegasdagi «Ti-Mobayl» arenasidagi boks oqshomining asosiy to‘qnashuvida og‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi, 33 yoshli britaniyalik yengilmas bokschi Tayson Fyuri (32-0-1, 22 KO) va amerikalik sobiq jahon chempioni (WBC), 35 yoshli Deontey Uaylder (42-2-1, 41 KO) o‘rtasida uchinchi revansh-jang bo‘lib o‘tdi.
Jang 11 raundda Tayson Fyuri ijrosidagi nokaut bilan yakun topdi. Uchinchi raunddayoq Deondey Uaylder nokdaun holatiga tushgandi, ammo u sanoq oxirida o‘rnidan tura oldi, to‘rtinchi raundda esa sensatsion ravishda Tayson Fyurining o‘zi ikki marta nokdaun holatiga tushdi.
Foto: Twitter / DAZNBoxing
Foto: Twitter / DAZNBoxing
Shundan keyin tomonlar ehtiyotkorlikni saqlagan holda jang olibborishdi, ammo amerikalik bokschining kuchi tugab bordi va britaniyalik bokschi jangning yakuniy raundlarida ustunlikni qo‘lga oldi. 11-raundga kelib esa raqib nokaut holatiga tushirildi.
Foto: Twitter / DAZNBoxing
Foto: Twitter / DAZNBoxing
Tayson Fyuri hisobida 32 jang va shundan 31 g‘alaba (22 nokaut), bir jang durang bilan yakunlangan. Deontey Uaylder professional faoliyatida 45 marta ringga chiqib, 41tasida nokaut bilan g‘alaba qozongan, bir durang qayd etgan va ikki mag‘lubiyat — ikkisi ham Fyuri bilan janglarda.
Foto: Twitter / DAZNBoxing
Fyuri va Uaylder o‘rtasida 2018 yil dekabrida o‘tgan birinchi jangda hakamlar durang natijani qayd etgan. 2020 yil fevralida bo‘lib o‘tgan ikkinchi jangda esa britaniyalik bokschi amerikalikni nokautga uchratib, undan WBC chempionlik kamarini tortib olgandi.
Bokschilar bellashuvdan oldin tarozidan o‘tgan, Tayson 125,6 kg vazn qayd etgan bo‘lsa, Uaylder undan yengilroq chiqqandi — 107,9 kg. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz