
Foto: Turizm va sport vazirligi
Joriy yilning 7 — 10 oktabr kunlari Moskva shahridagi “Maxima stables” ot sporti majmuasida ushbu sport turining konkur yo‘nalishidan YevroOsiyo kubogi o‘tkazildi.
Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etib, shohsupadan joy oldi.
Musobaqada hamyurtimiz Bekzod Qurbonov o‘zining “King Cornet L” laqabli otida turnirning mutlaq g‘olibiga aylandi.
Umid Komilov esa “Nero Uno Rafael” laqabli tulpori bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Yana bir mohir chavandozimiz A’zam Tolibboyev ham “Lady” laqabli otida sovrindorlar safidan joy olishiga atigi bir bahya qoldi, u 4-o‘rin bilan cheklandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar