
Samarqandning «Dinamo» klubi Superliga 2022 yilgi mavsumiga yo‘llanma oldi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro-Ligasining 17-turida «Olimpik» 13 oktabr kuni «Nurafshon»ga qarshi bahsda raqib darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi. Bu g‘alaba «Dinamo»ning muddatidan avval Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga sabab bo‘ldi. «Nurafshon» ushbu o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng 2-o‘rinni egallash imkoniyatini boy berdi va «Dinamo»ning Superligaga chiqishini ta’minladi.
Shu tariqa samarqandliklar ikki yildan so‘ng Superligaga qaytdi. 2019 yilgi mavsumda «Dinamo» 14-o‘rinni egallab, Pro-Ligaga tushib ketgan edi.
Avvalroq «Neftchi» muddatidan oldin Superligaga chiqish vazifasini uddalagan edi.

Foto: PFL
Eslatib o‘tamiz, Pro-Ligada dastlabki ikki o‘rinni olgan jamoalar Superligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Pro-Liganing uchinchi jamoasi Superliganing 12-o‘rin egasi bilan o‘tish bahsida qatnashadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar