“Nyukasl” xo‘jayinlari klubni Zidanga topshirishmoqchi

“Nyukasl” xo‘jayinlari klubni Zidanga topshirishmoqchi
Nyukasl” xo‘jayinlari hamon jamoaga yuqori malakali murabbiy qidirmoqda. Aksariyat taniqli murabbiylar saudiyaliklar qo‘liga o‘tgan jamoani olishga qiziqmayapti va ulardan bir nechtasi taklifga rad javobini berdi.

Ayni paytda “qarg‘alar” ishsiz yurgan Zinedin Zidanni bosh murabbiylikka taklif qilishni rejalashtirmoqda. Saudiyalik sarmoyadorlar qimmatbaho loyihani amalga oshirish uchun Zidan munosib nomzod ekaniga ishonmoqda.

“Real”dan ketganidan beri ishsiz yurgan Zidanning o‘zi bu loyihaga qiziqish bildirmayapti. Fransiyalik mutaxassis o‘z mamlakati terma jamoasini boshqarishni orzu qilmoqda. Biroq Fransiya futbol federatsiya hali amaldagi bosh murabbiy Dide Deshamni ishdan olmoqchi emas.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar