Superliganing 23-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Qizilqum” (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov uchrashuv haqida fikr bildirdi.
O‘yin haqida
- Bugungi g‘alaba bilan "Surxon" ishqibozlari hamda butun Surxondaryo ahlini tabriklayman. Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Jamoada olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda. "Surxon" oldinga intilmoqda. Bugun uch ochko biz uchun juda muhim, ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q edi. Ko‘zlangan natijaga erishdik. O‘yindan-o‘yinga futbolchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortib bormoqda. Jamoaga bo‘lgan e’tibor o‘zgargani sababli ham natijalar yaxshilanmoqda. O‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsak, ikkala jamoa ham g‘alaba uchun maydonga tushgandi. O‘yin teng kurashlar ostida kechdi. Gol urgan jamoa uchrashuvda g‘alabani "ilib" ketardi, buni har bir bahsdan keyin ta’kidlayapman. O‘ylaymanki, bu oxirgi g‘alabamiz emas. Oldinda uchta o‘yinimiz bor, ularda ochko olib, yanada yuqorilashga harakat qilamiz.
- Jamoa yana olti kundan so‘ng O‘zbekiston kubogi chorak finalida "Bunyodkor"ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o‘yindan ko‘zlangan maqsad qanaqa?
- Albatta, har bir o‘yinda mag‘lubiyat uchun maydonga tushmaymiz. "Bunyodkor" kuchli raqib. O‘ylaymanki, biz keyingi bosqichga chiqa olsak, jamoa uchun yangi tarix yozgan bo‘lamiz, shu bois g‘alaba uchun harakat qilamiz.
- "Bunyodkor" bilan o‘yindan besh kun o‘tgach, "Nasaf"ga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Uchrashuv esa OFK kubogi munosabati bilan qoldirildi. "Surxon" uchun belgilangan kuni o‘yin o‘tkazgani yaxshimidi yoki qoldirganimi?
- Belgilangan kunda o‘yin o‘tkazganimiz yaxshi edi, sababi jamoa hozirda yaxshi formada. "Nasaf"ni finalga yo‘l olgani bilan tabriklayman. Biz finalda ularga muxlislik qilamiz, g‘alaba qozonishini istaymiz. Ular yurtimizga qaytib kelishgach, tayyorgarlik ko‘rib, yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi