20:06 / 26.10.2021
2 159

Jasur Jaloliddinov Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yindan oldin nimalar dedi?

Jasur Jaloliddinov Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yindan oldin nimalar dedi?
Xabaringiz bor, joriy yilning 27 oktabridan 2 noyabriga qadar yurtimizda U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi “D” guruhidan o‘rin olgan o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.

Bugun “Paxtakor” stadioni anjumanlar zalida saralash bahslari oldidan jamoalar murabbiyi va futbolchilar ishtirokida rasmiy matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi Jasur Jaloliddinov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ertaga bizni Saudiya Arabistoniga qarshi jiddiy bahs kutib turibdi. Biz ushbu jamoaga qarshi 3-marta o‘ynaymiz. G‘alaba qozonish uchun hamma narsa mavjud, ayniqsa, bizda hozir g‘alaba kayfiyati bor. Murabbiyimiz bizni bu musobaqaga tizimli tayyorlab kelmoqda, oldimizda turgan barcha uchrashuvlarda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

Futbol, albatta, muxlislar uchun. Biz o‘z uyimizda o‘ynaymiz, shu sabab muxlislarimiz bizni qo‘llab-quvvatlab turishlariga ishonamiz. Chunki biz ular bilan birga yanada kuchliroq bo‘lamiz
", - dedi mahoratli futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu guruhda O‘zbekistondan tashqari Saudiya Arabistoni va Bangladesh terma jamoalari ham joy olgan. Ushbu bahslarga kirish bepul.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jasur Jaloliddinov Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yindan oldin nimalar dedi?