Xavi "Barselona"ni boshqarishga rozi bo‘ldi

Xavi "Barselona"ni boshqarishga rozi bo‘ldi
Xavi Ernandes "Barselona"ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Xavi "Barsa"ni boshqarishga rozilik bildirgan. Yaqin vaqt ichida murabbiy "Al-Sadd" bilan shartnomani bekor qiladi va "Kamp Nou"ga qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, La Liga doirasidagi "Rayo Valyekano"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng kataloniyaliklar Ronald Kumanni iste’foga chiqargandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar