00:37 / 31.10.2021
1 654

Saidjamshid Jafarov: Yaponiyalik bokschining kuchli tomonini sezmadim. Ammo...

Saidjamshid Jafarov: Yaponiyalik bokschining kuchli tomonini sezmadim. Ammo...
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.

-75 kg vazn toifasida Saidjamshid Ja’farov 1/16 final doirasida yaponiyalik Yuito Marivaki bilan bahs yuritdi. Uch raund davomida to‘liq ustunlik qilgan Saidjamshid yakunda raqibiga hech qanday imkoniya qoldirmagan holda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Endilikda Ja’farov 1/8 final bosqichida o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘radi. Ushbu bosqichda unga ozarbayjonlik Kozimjoda Mirsharif raqiblik qiladi. Jang 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ja’farov 1/32 final doirasida slovakiyalik Lukas Fernetsani mag‘lub etib, 1/16 finalga yo‘l olgandi. Shu tariqa 30 oktabr kuni ringga ko‘tarilgan barcha o‘zbekistonlik bokschilar g‘alaba qozondi. Bular: Saidjamshid Ja’farov, Odiljon Aslonov, Nodirjon Mirzahmedov va Mujibillo Tursunov.

G‘alabadan so‘ng Saidjamshid Jafarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: - Jangdan jangga ochilib ketyapman. Bu gal avvalgi jangdan ko‘ra raqibning jigar qismiga zarbalar berishga urg‘u berdim. Shuning uchun jang ijobiy yakunlandi.

Yaponiyalik bokschining kuchli tomonini sezmadim. Ammo himoyasi kuchli ekan. Muxlislar duo qilib turishsa, yurtimizga g‘alaba bilan qaytamiz
, - dedi bokschi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saidjamshid Jafarov: Yaponiyalik bokschining kuchli tomonini sezmadim. Ammo...