
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun O‘zbekiston nomidan birinchi bo‘lib Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg) ringga ko‘tarildi. U yaponiyalik Sevonres Okazava bilan to‘nash keldi. Jangda hamyurtimiz imkoniyatni boy berdi. G‘alaba qozongan yaponiyalik bokschi Okazava SPORTS.uz saytiga qisqacha intervyu berdi.
- Ushbu g‘alabamda Vladimir Nikolayevich Shin (O‘zbekiston terma jamoasining sobiq murabbiyi)ning xizmatlari katta. U insondan ko‘p narsa o‘rganmoqdamiz. Vladimir Nikolayevich Shin bizni oddiy ovqatlanishimizdan tortib, massajlarga ham e’tibor berardi.
Agar musobaqada chempion bo‘lsam, oltin medalni aynan o‘zbekistonlik Vladimir Nikolayevich Shinga taqdim etaman, - dedi Okazava.
BokschiOltin MedalO‘zbekistonBelgradJahon ChempionatiAsadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar