00:00 / 02.11.2021
1 844

Belgrad-2021. Mujibullo Tursunov qiyin jangda raqibidan ustun keldi

Belgrad-2021. Mujibullo Tursunov qiyin jangda raqibidan ustun keldi
Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati
Belgrad shahri mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining 1 noyabr kungi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

-63,5 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mujibillo Tursunov Xitoy Taypeyi vakili Chu Yen Laiga qarshi ringga ko‘tarildi. Ilk raundda Chu Yen ustun qildi. Biroq ikkinchi va uchinchi raundlar Mujibulloning foydasiga hal bo‘ldi. Shu tariqa Tursunov Jahon chempionatidagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, musobaqaning chorak finaliga yo‘l oldi.

U mazkur bosqichda 2 noyabr kuni kubalik Kruz Gomezga qarshi jang o‘tkazadi. Qayd etish kerak, Kruz Gomez jahon va Olimpiya o‘yinlari g‘olibi hisoblanadi.

Tursunov 1/16 finalda yaponiyalik Tayga Imanagani 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

1 noyabr kuni ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik bokschilardan Saidjamshid Ja’farov ozarbayjonlik bokschini yengib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev yaponiyalik bokschiga yutqazib, musobaqa bilan xayrlashdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Belgrad-2021. Mujibullo Tursunov qiyin jangda raqibidan ustun keldi