
Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati
Belgrad shahri mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining 2 noyabr kungi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
-48 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Nodirjon Mirzahmedov qozog‘istonlik Temirtas Jussupovga qarshi ringga ko‘tarildi. Nodirjon Mirzahmedov uch raund hisobiga ko‘ra 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi.
Nodirjon Mirzahmedov avvalgi bosqichda irlandiyalik Rikki Nesbitt ustidan g‘alaba qozongan edi. Bugun yana besh nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazadi.
-60 kg: Abdumalik Halokov — Vsevolod Shumkov (Rossiya) – 17:50 dan so‘ng;
-75 kg: Saidjamshid Ja’farov — Viparon Jongjoxo (Tailand) – 19:15 dan keyin;
+92 kg: Lazizbek Mullajonov — David Chaloyan (Armaniston) – 20:15 dan so‘ng;
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov — Endi Kruz (Kuba) – 22:55 dan keyin;
-92 kg: Madiyor Saidrahimov — Lyuis Uilyams (Angliya) – 00:40 dan so‘ng.
O‘zbekistonBoks ChempionatiNodirjon MirzahmedovTemirtas JussupovIrlandiyalik BokschiAbdumalik Halokov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar