
"Nasaf" klubi 10 yillik tanaffusdan keyin yana OFK kubogi finaliga chiqdi.
Yarim finalda Gong Kongning "Li Man" jamoasi qarshiligini sindirgan "ajdarlar" Bahrain sharafini himoya qilayotgan "Al-Muharraq" klubi bilan bosh sovrin uchun kurash olib boradi. Mazkur bahs oldidan "Nasaf" legioneri Andriya Kaluderovich OFK rasmiy saytiga intervyu berib o‘tdi:
"10 yildan so‘ng yana finaldamiz va OFK kubogini yutib, o‘zbekistonlik muxlislarni xursand qilish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz!", - dedi serbiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, final 5 noyabr kuni Bahraynning Arad shahridagi "Al-Muharraq" nomli stadionda bo‘lib o‘tadi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar