
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallada. Musobaqada chorak finallar yakunlandi. Endi navbat yarim finallarga.
Bugun, 4 noyabr kuni O‘zbekiston sharafini ushbu bosqichda 2 nafar bokschimiz himoya qiladi. Ular Abdumalik Xalakov va Madiyar Saidrahimov. Bu hamyurtlarimiz chorak finalda g‘alaba qozongani bois bronza medallarini naqd qilishdi. Endi ular oltin medal uchun bellashadi.
Abdumalik Xalakov (-60 kg) eronlik Daniel Shaxbaxsh bilan ringga ko‘tariladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 18:15dan so‘ng boshlanadi.
Madiyar Saidrahimov (-92 kg) kubalik La Kruz Peraza bilan ringga ko‘tariladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 00:45dan so‘ng boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar