Bugun “Nasaf” klubi Bahraynda OFK Kubogi finalida “Al-Muharraq” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Hammani “Nasaf” 10 yil oldingi g‘alabasini takrorlay oladimi, degan savol qiziqtiryapti. Jamoa bilan o‘sha 2011 yilgi OFK Kubogida g‘olib chiqqan Artyom Filiposyan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- 2011 yili final Qarshida bo‘lgani sababli yutishimiz shart edi. Anatoliy Demyanenko hammamizga yaxshi motivatsiya bergandi. Bunday imkoniyat hamisha bo‘lmaydi va har safar final O‘zbekistonda o‘tmaydi, maydonga chiqib yutishlaring shart, O‘zbekiston, xalq, “Nasaf” va oila uchun deb aytgandi. Shu gaplari bizga yaxshi motivatsiya bo‘lgan. Biz bir oila bo‘lib maydonga chiqqandik va yutganmiz. Xudoga shukr, yuzimiz yorug‘ bo‘lgan. Stadiondagi muhit juda yaxshi bo‘lgan va tomoshabinlar bilan to‘lib-toshgan.
Albatta, “Nasaf” jamoasiga muxlislik qilamiz. Imkoniyat 50x50. Sababi, final bitta o‘yindan iborat. Fikrimni aytadigan bo‘lsam, “Nasaf” favorit. Faqat buni maydonda isbotlashi kerak. “Nasaf”ga omad tilayman. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi