
"So‘g‘diyona" bosh direktori Javlon Salohitdinov "Lokomotiv"ga qarshi o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘yin haqida
- Biz penaltidan foydalana olmadik, raqib esa gol urdi. Bugun bitta gol o‘yin taqdirini hal qilardi, o‘sha golni "Lokomotiv" urdi.
- Nega Ulug‘bek Baqoyev bugun zaxira o‘rindig‘ida o‘tirmadi?
- Kecha PFL bizga xat yubordi va kubok chorak finalidagi "Nasaf" bilan o‘yindagi vaziyat tufayli Baqoyev 2ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingani ma’lum bo‘ldi.
- Bugungi mag‘lubiyatdan keyin jamoaning 2-o‘rinni olish uchun imkoniyatlari keskin tushib ketdi. Oldinda AGMK va "Nasaf" bilan o‘yinlar kutmoqda...
- Imkoniyatimiz keskin tushib ketdi demagan bo‘lardim. "Nasaf"da ham qiyin o‘yinlar bor, "Surxon" bilan oson bo‘lmaydi. Oldindagi 2ta bahsda yutsak, 2-o‘rin uchun imkoniyatimiz bo‘ladi. AGMK ham ochko olishiga hech kim kafolat bermaydi, kecha "Andijon" bilan o‘yinda ko‘rdinglar qanday qiynalishganini.
- Jasur Hasanov haqida nima deya olasiz. Oxirgi o‘yinlarda u faqat bir taym o‘ynamoqda. Bu uning jismoniy holati bilan bog‘liqmi?
- Uning yoshiga qarang - 38 yosh, lekin uncha-muncha himoyachidan tez yuguradi. Murabbiylar uni nega bir taym o‘ynatishganini bilmayman, ularning ishiga aralashmayman.
Javlon SalohitdinovLokomotiv O‘yiniPenaltidan FoydalanishUlug‘bek BaqoyevMag‘lubiyatdan KeyinJismoniy Holat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar