Murodjon Ahmadaliyevning raqibi o‘zgardi

Murodjon Ahmadaliyevning raqibi o‘zgardi
19 noyabr kuni WBA va IBF chempioni hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev (9-0, 7KO) o‘z kamarlarini majburiy da’vogar Ronni Riosdan himoya qilishi kerak edi.

Jangga bir hafta qolganda Riosda koronavirus aniqlandi. Shu sabab u ringga ko‘tarila olmaydigan bo‘ldi.

Ahmadaliyevga yangi raqib sifatida Xose Velaskes tanlandi.

32 yoshli chililik Velaskes (29-6-2, 19KO) oxirgi mag‘lubiyatini 2016 yilda qabul qilib olgan va shundan so‘ng ketma-ket 21 ta g‘alabali seriyasini davom ettirmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar