13:05 / 15.11.2021
1 652

Ektor Kuper boshqarayotgan Kongo DR terma jamoasida muammo paydo bo‘ldi

Ektor Kuper boshqarayotgan Kongo DR terma jamoasida muammo paydo bo‘ldi
O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper boshqarayotgan Kongo DR terma jamoasiga texnik mag‘lubiyat yozilishi mumkin.
Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev telegramdagi kanali orqali ushbu holatga e’tibor qaratdi.

Kecha Kongo DR Beninni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, JCH-2022 saralashi Afrika qit’asi pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Biroq, Kuper o‘yin davomida 4 ta urinishda 4 ta o‘zgartirishni amalga oshirdi. Reglament bo‘yicha jamoa o‘yin davomida 5 ta o‘zgarishni amalga oshirishi mumkin. Lekin ushbu o‘zgarishlar 3 ta urinishda bo‘lishi kerak.

Endi Kongo DR terma jamoasiga texnik mag‘lubiyat yozilishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, guruhda Benin terma jamoasi birinchi o‘rinni egallaydi va pley-offda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper boshqarayotgan Kongo DR terma jamoasida muammo paydo bo‘ldi