2 252
Villi Sanol O‘zbekistonga qarshi o‘yindan keyin: "G‘alabadan xursandman, ammo bu eng yaxshi o‘yinimiz emasdi"
Kecha Gruziya hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari ishtirokidagi uchrashuvni muxlislar kuzatdi. Afsuski, vakillarimiz safarda 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Garchi uchrashuv davomida futbolchilarimizda imkoniyatlar kuzatilgan bo‘lsa-da, ulardan foydalanishga oqsadilar. Gruziya esa o‘zi yaratgan imkoniyatdan qanday foydalanish kerakligini ko‘rsatib qo‘ydi.
Umuman olganda, ikki jamoa uchun ham yaxshi o‘yin bo‘ldi, deb aytish mumkin. Bu o‘rtoqlik maqomidagi bahs bo‘lishiga qaramasdan jamoalar g‘alaba uchun oxirigacha kurashishdi. O‘yindagi keskinlik sezilib turdi. Ammo natija bo‘yicha Gruziyaning qo‘li baland keldi.
Mazkur uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjunida Gruziya terma jamoasi bosh murabbiyi Villi Sanol mazkur o‘yin borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Albatta, bu bizning eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri edi, deb ayta olmayman. Futbolchilarga o‘yinning muhimligini baribir tushuntirib bo‘lmaydi. Ya’ni, baribir bu o‘rtoqlik uchrashuvi va har qanday holatda ham rasmiy o‘yinlardagi kayfiyatni bera olmaysiz. Ammo bu o‘yin shunisi bilan muhim ediki, biz 2021 yildagi so‘nggi uchrashuvda maydonga tushdik. Shuning uchun ham yilni yaxshi kayfiyatda tugatib olish juda ham muhim edi. Endi futbolchilar mart oyiga qadar tanaffusga chiqib ketishadi. O‘rtadagi uzoq muddat davomida bu oxirgi o‘yin sifatida xizmat qiladi. Natijadan ham muhimroq holat sifatida shuni aytmoqchimanki, biz hammasidan ham ko‘ra, o‘z o‘yinimizdan rohat olishimiz lozim edi. Albatta, g‘alabadan xursand bo‘ldim, biroq bu eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri emasdi.
Ha, ushbu uchrashuvning ayniqsa birinchi bo‘limida paslarimiz yaxshi chiqdi. Lekin himoyadan hujumga o‘tishda bizda biroz muammolar kuzatildi. Albatta, bu borada ishlaymiz. Lekin jamoamiz o‘yinda ustunlik qila oldi. Shvetsiya bilan o‘yindagi kabi bu uchrashuvda ham himoya chizig‘imiz bir xil edi. Ularni o‘zgartirish imkoniyati ham yo‘q edi. Shvetsiya bilan bellashuvdagi tarkibni maydonga tushirishga majbur bo‘ldik. Hozircha bu natijaga erishishimizga yetarli bo‘ldi.
David Volkovning o‘yini haqida gapiradigan bo‘lsak, u juda yaxshi harakat qildi. Chiziqlarda faol o‘ynay oldi, tezkorlik ko‘rsatdi. Shvetsiyaga qarshi bellashuvda ham Volkov o‘zini yaxshi jihatdan ko‘rsata olgandi. Ushbu uchrashuvda ham u jamoamizga katta yordam ko‘rsata oldi. Markazdagi boshqa futbolchilar, masalan Xvicha Kvaratsxeliya va yana boshqa ijrochilar bilan o‘zaro bir-birini tushunib o‘ynashi ajoyib ko‘rinish olyapti. Xullas, imkon qadar jamoamizga yordam berishga harakat qilyapti.
Shu bilan mart oyigacha tanaffusga chiqib ketyapmiz. Albatta, yil yakunlari bo‘yicha juda ham pozitiv kayfiyatdaman. Albatta, bizda yomon va u qadar qovushmagan o‘yinlar ham bo‘ldi. Sentabr oyida Kosovo va Ispaniya terma jamoasiga qarshi bahslarda yaxshi harakat qila olmadik. Ammo oktabrdagi o‘yinlar va noyabr oyidagi Shvetsiya hamda O‘zbekistonga qarshi bellashuvlar bizni yilni yaxshi kayfiyatda tugatishimizga sababchi bo‘la oldi, deb o‘ylayman. Tabiiyki, mart oyigacha bo‘lgan muddat davomida biz o‘z o‘yinlarimizni tahlil qilib chiqamiz. Futbolchilarimizni kelgusi yilning bahorida o‘z sport formalarida milliy jamoaga kela olishadi, deb umid bildirib qolamiz. O‘zbekistonga qarshi o‘yin bizga yilni yaxshi kayfiyatda yakunlashga imkoniyat berdi, deb o‘ylayman.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?