
BAAning Dubay shahri karate WKF bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Mazkur chempionatda 104 ta davlatdan 983 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahs yuritishmoqda.
Jahon chempionatida vatanimiz sharafini O‘tkam Bekpo‘latov va Dilnoza Bakirova murabbiyligi ostidagi 15 nafar vakilimiz himoya qilishmoqda. Quvonarlisi, -75 kg vazn toifasidagi janglarda terma jamoamiz a’zosi, Dostonbek Otabolayev final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
U yarim final bosqichida AQSH vakili Tomas Skottni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va o‘zbek karate olamida o‘ziga xos yangi sahifa ochdi.
Endi hamyurtimiz 20 noyabr kuni finalda misrlik yakkakurash ustasiga qarshi oltin medal uchun jang qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar