Foto: O‘FA
FIFA rasmiy sayti noyabr oyidagi JCH-2022 saralash uchrashuvlari va rasmiy o‘rtoqlik o‘yinlaridan keyingi milliy jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi bu safar ham 84-o‘rinda qolgan. Milliy jamoamiz yozda JCH-2022 3-saralash bosqichiga chiqa olmagach, bir pog‘ona pastlab 83-o‘rindan 84-pog‘onaga tushgan edi. Srechko Katanes qo‘l ostida so‘nggi uch oyda 4ta o‘yinda 3 mag‘lubiyat (Shvetsiya 1:2, Iordaniya 0:3, Gruziya 0:1) va bir g‘alaba (Malayziya 5:1) qayd etilishiga qaramay, O‘zbekiston reytingda o‘z o‘rnini saqlab qolgan.
Osiyo mamlakatlari orasida Eron peshqadam (21-o‘rin) bo‘lsa, keyingi o‘rinlardan Yaponiya (26), Janubiy Koreya (33), Avstraliya (35), Saudiya Arabistoni (48), Qatar (51), BAA (70), Xitoy (74), Iroq (75), Ummon (78) va O‘zbekiston (84) qit’ada 11-o‘rinda bormoqda. Bizdan keyin reytingda Osiyodan Suriya (85), Bahrayn (90), Iordaniya (91) va Livan (94) joy olgan.
Jahon reytingida hali hamon Belgiya peshqadam – 1-o‘rin. Braziliya va Fransiya uchlikdan joy olgan bo‘lsa, Angliya, Argentina, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Daniya va Niderlandiya milliy jamoalari o‘nlikdan joy olgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi