Joze Mourino tarkibda yuzaga kelgan muammolar tufayli “Jenoa”ga qarshi uchrashuvda keskin o‘zgarishlar qilishi kutilmoqda. Xususan, jamoa yetakchisi Lorenso Pellegrini jarohatidan to‘liq tuzalmagan va portugaliyalik mutaxassis Genuyadagi to‘qnashuvda uning vazifasini Nikolo Dzanologa yuklamoqchi.
Mourino topshirig‘iga ko‘ra, Nikolo bu gal hujum va yarim himoya o‘yinchilarini bog‘lovchi pleymeyker rolini bajaradi.
Yana bir o‘zgarish Genrix Mxitaryan bilan bog‘liq. Ma’lumotlarga qaraganda, klubdan ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan armanistonlik yarim himoyachi boshlang‘ich tarkibga kiritilmaydi. Uning o‘rnini Stefan Al-Shaaravi egallaydigan bo‘ldi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bosh murabbiy hujum chizig‘ida ikki nafar futbolchiga tayanadi. Avvalgi turda Temmi Abraxam va Eldor Shomurodovning birga o‘ynagani yaxshi samara berdi. Har ikki hujumchi bir biriga gol urish uchun imkoniyat yaratib berdi va darvozani ishg‘ol qildi.
Ukrainalik mutaxassis Andrey Shevchenkoning “Jenoa” bosh murabbiyi sifatida “Roma”ga qarshi o‘tkazadigan uchrashuv Eldor Shomurodov uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki legionerimiz o‘tgan mavsumd “jenoa” safida 31 ta o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasiga sakkizta to‘p kiritgan. Hamyurtimiz gollardan tashqari maydonda kurashuvchanligi, himoyaga qayti o‘ynashi, tkir hujumlar tashkil qilishi, jamoaviy harakatlarga moslashuvchanligi kabi professional xususiyatlar bilan birga kamtarligi, mehnatsevarligi hamda odamgarchiligi bilan ham genuyalik muxlislar hurmatini qozongan.
Bo‘lajak turda Shomurodov Rimga ketganidan beri Genuyaga birinchi tashrifi bo‘ladi.
21 noyabr sanasiga belgilangan uchrashuv Toshkent vaqti bilan yarim tun - 00:45 da boshlanadi.
“Roma”ga “Atletiko” futbolchisi keladi
“Roma” mutasaddilari tarkibni kuchaytirish maqsadida Madridning “Atletiko” jamoasi yarim himoyachisi Ektor Errerani transfer qilishni rejalashtirmoqda. 31 yoshli ispaniyalik futbolsi “Roma”ning markaziy chizig‘ini mustahkamlagi kerak bo‘ladi.
Erraraning o‘zi ham ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoasini o‘zgartirishni istayapti. Joriy mavsumda 9 marta maydonga tushgan futbolchi atigi 279 daqiqa o‘ynadi xolos. Uning Diyego Simeone jamoasi bilan shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga ketadi.
Ma’lumotlarga qarganda, “Roma” Errerani yanvarda transfer qilishi uchun 5 million yevro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.
“Roma” kutayotgan futbolchiga “Yuventus” va “Milan” ko‘z tikmoqda
“Ayaks” himoyachisi Nusser Mazraui faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. 23 yoshli himoyachiga “Roma” anchadan beri og‘iz solmoqda. Biroq, qishki transferlar vaqti yaqinlashgani sari iste’dodli futbolchining xaridorlari ko‘payib bormoqda.
Manbalarning ma’lum qilishicha, A Seriyaning grand klublaridan “Milan” va “Yuventus” ham marokashlik o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Mazraui joriy mavsumda ham barqaror o‘yin ko‘rsatyapti. Niderlandiya chempionatida o‘n bir marotaba maydonga tushgan himoyachi o‘z vazifani munosib bajarishdan tashqari, raqiblar darvozasiga to‘rtta to‘p kiritdi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi