5 128
Murodjon Ahmadaliyev chililik bokschini mag‘lub etib, chempionlik kamarlarini himoya qildi
Foto: Twitter
Professional boks bo‘yicha ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (9-0, 7 KO) 20 noyabr tongida AQSHda navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Manchesterda (Nyu-Gempshir shtati) bo‘lib o‘tgan jangda Murodjon Ahmadaliyevga chililik Xose Velaskesga qarshi raqiblik qildi. To‘liq raund davom etgan bahsda Murodjon ochkolar hisobida g‘alaba qozonib, kamarlarini himoya qildi. Dastlabki 6 raund davomida Ahmadaliyev ustunlikka erishgan bo‘lsa, 7-raundga kelib, Velaskes faollik ko‘rsatdi va bir qator zarbalar yo‘lladi. Oxirgi raundlarda ham Murodjon raqibiga nisbatan faolroq harakat qildi.
Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliyev 2021 yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan jangida yaponiyalik Ryosuke Ivasani beshinchi raundda nokautga uchratib, o‘z kamarlarini himoya qilgandi.
Bungacha 26 yoshli bokschi 2020 yilning yanvarida Daniel Romanni mag‘lub etib, bir yo‘la ikkita chempionlik kamariga ega chiqqandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi