Pro-liganing 24-turidan o‘rin olgan "Nurafshon" - "Olimpik" (3:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida
- Qo‘lga kiritilgan 3-o‘rin bilan jamoamiz a’zolari va muxlislarini tabriklayman. Superligaga o‘tish o‘yinida ishtirok etamiz. "Nurafshon" o‘z oldiga aniq vazifa qo‘ygan klub, shu sabab bugungi o‘yin oson o‘tmasligini bilardik. Ularga kelgusida omad yor bo‘lishini tilayman.
Bu kabi o‘yinlar bizga katta tajriba bermoqda. G‘alaba uchun kelgandik va buning uchun oxirigacha harakat qildik. Yigitlar bunaqa o‘yinlar orqali ham ruhan, ham jismonan o‘sib borishadi. O‘tish o‘yiniga tayyorgarlikni boshlaymiz. Superliga oxirgi turida raqibimizni bilib olamiz.
- Mavsumdan qay darajada ko‘nglingiz to‘ldi?
- Bizda yosh yigitlar bor edi va maqsadimiz ularni yanada yuqori darajaga olib chiqish bo‘lgan. Yosh futbolchilar o‘sayotgan davrda ularni kuchli futbolchi sifatida kamol toptirish uchun shu kabi chempionatdagi ishtirok qo‘l keldi, albatta. O‘ylaymanki, biz maqsadimizga erishdik.
“Oq-tepa" jamoasining Pro-ligani tark etishi evaziga 6 ochko yo‘qotdik. Bundan tashqari, o‘yinlar soni ham kamayib qoldi. To‘g‘ri, kubok uchrashuvlarida ham ishtirok etdik va o‘zimiz uchun muhim o‘yinlarni o‘tkazdik.
- O‘tish o‘yinida qaysi jamoa bilan to‘qnash kelishni istagan bo‘lardingiz?
- Hozir Superligada jiddiy kurash kechmoqda. Barchasi so‘nggi turda hal bo‘ladi. Kim raqib bo‘lsa ham 2 dekabr kuni muxlislar chiroyli o‘yin ko‘rishadi. To‘g‘ri, orada bizda bir oz tanaffus bo‘ladi, lekin bu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi