
Italiya chempionatida 14-tur bahslari davom ettiriladi. Bugun kun doirasidan o‘rin olgan 5 ta o‘yin bor. Ular orasida biz uchun ahamiyatlisi "Roma" ishtirokidagi bellashuvdir. Rimliklar bu gal "Torino"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00da start oladi.
"Bo‘rilar" ayni paytda 13 turda 22 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. "Torino" esa shuncha o‘yinda 17 ochko jamg‘arib, 12-pog‘onani band etgan.
Statistika bilan shug‘ullanuvchi Lagazzettadellosport nashri jamoalarning ushbu o‘yin uchun taxminiy tarkiblarini tuzib chiqdi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov yana zaxirada qoldirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar