11:40 / 30.11.2021
2 124

O‘FAda Superliga yakunlari bo‘yicha klublar vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘FAda Superliga yakunlari bo‘yicha klublar vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining majlislar zalida O‘FA Prezidenti Abdusalom Azizov raisligida 2021 yilgi mavsum yakunlari va keyingi yilgi mavsum rejalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda milliy chempionatimizda to‘p surayotgan klublarning bosh murabbiylari, jismoniy tayyorgarlik va ilmiy-metodik tahlil bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etishdi. O‘FA rahbari futbolchilarning betartib transferlar natijasida doimiy klublarni almashtirishi, bunda o‘sish va yuqori natija qayd etish asosiy maqsad bo‘lmayotganligini tanqid ostiga oldi. Mas’ullarga keyingi mavsumdan transferlar jarayonini qattiq nazorat ostiga olinish topshirig‘i berildi. Shuningdek legionerlarni olib kelishda ularning darajasi va saviyasiga alohida e’tibor qaratilishi kerakligi ta’kidlandi.

Superliganing so‘ngi o‘yinlari murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tganligi, kuchli uchlik uchun kechgan raqobat oxirgi turgacha saqlanib qolganligi, adolat prinsiplariga rioya etish yo‘lida barcha harakatlar amalga oshirilgani ta’kidlandi. Abdusalom Azizov keyingi mavsumda ishtirok etadigan klublar soni o‘zgartirilmasligi, barcha rejalar reglament asosida tashkil etilishini ma’lum qildi. Yangi mavsumdan boshlab klublar uchun bir qator standartlar joriy etilishi, xususan, futbolchilar uchun jismoniy tayyorgarlikning minimal darajasi talablari belgilanishi va maydonlar holati qat’iy nazorat ostiga olinishini aytdi.


Klub akademiyalari va ayollar futbolini rivojlantirishga ham tizimli va sifatli yondashish talabi qo‘yildi. Klublar tomonidan sarflanayotgan mablag‘larni aynan futbol infratuzilmasini bosqichma bosqich rivojlantirish uchun maqsadli yo‘naltirish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov yuqori darajadagi futbolchilar yetishtirishda muhim bo‘lgan jihatlar, xususan sport tibbiyoti, vitaminizatsiya nutritsiologiya, zamonaviy sport texnologiyalaridan samarali foydalanish va bu yo‘lda mutaxassislarni tayyorlash, murabbiylar ta’limi masalalarida taklif va tavsiyalar berdi.

Kun tartibidagi masalalardan O‘zbekiston chempionati-2022 musobaqalari reglamentiga Superliga o‘yinchilarining jismoniy tayyorgarligiga minimal talablarni joriy etish mavzusi muhokama qilindi. Bu o‘z navbatida natija va ko‘rsatkichlarga ijobiy ta’sir qilishi, bunday tahlil zamonaviy futbol talabi ekani e’tirof etildi.


O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes ham so‘z olib, futbol sport turlari ichida eng ko‘p energiya talab qilishi, shu sababli futbolchilarning jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash birinchi galdagi vazifa ekanligini aytdi. Futbolchilarga beriladigan yuklamalarni doimiy ravishda nazorat ostida ushlash, bu borada klublarda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha tajriba ega mutaxassislar faoliyat yuritishini tashkil etish kerakligini qo‘shimcha qildi.


Shuningdek, yig‘ilishda Superliga murabbiylari bir qator muammoli vaziyatlarga o‘z takliflarini bildirib o‘tishdi. O‘FA rahbariyati ushbu muammolar yechimida jamoalarga yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FAda Superliga yakunlari bo‘yicha klublar vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi