17:30 / 01.12.2021
2 183

Kanchelskisga tahdid qilinib, undan "Navbahor"dan undirilishi kerak bo‘lgan pulni kamaytirish talab etilgan!

Kanchelskisga tahdid qilinib, undan "Navbahor"dan undirilishi kerak bo‘lgan pulni kamaytirish talab etilgan!
"Navbahor" klubi sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘lim tahdidi tufayli politsiyaga murojaat qildi, deya xabar bermoqda "Championat.com" sayti "Telegram"dagi "Mutko prav" kanaliga tayanib.

Ma’lum bo‘lishicha, 22 noyabr kuni kechki ovqat paytida "Oazis" kafesida bir necha noma’lum shaxslar tomonidan Kanchelskisga tahdid bo‘lgan. Ular "Navbahor"dan talab qilinayotgan jarima summasi kamaytirilishini talab qilgan. FIFA qaroriga ko‘ra, namanganliklar rossiyalik mutaxassisga 1,6 million yevro to‘lashi lozim.

Andreyga 80 ming yevroga rozi bo‘lish taklif qilingan va agar bunga rad javobini bersa, nogiron qilishlarini aytishgan. Kenchelskis ular bilan murosa qilmagan va politsiyaga xabar bergan. Hozirda, tergov-surishtiruv ishlari boshlangan.

52 yoshli murabbiy "Navbahor"dan 2020 yilning oktabr oyida bo‘shatilgan edi. Bunga maoshdagi qarzdorlik masalasi sabab bo‘lgani aytilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kanchelskisga tahdid qilinib, undan "Navbahor"dan undirilishi kerak bo‘lgan pulni kamaytirish talab etilgan!