O‘zbekistonning eng nomdor va nufuzli jamoalaridan biri hisoblangan “Navbahor” 2022 yil uchun vazifalarni belgilab olgani holda, yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzaqovning tashabbusi bilan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsad-vazifalar belgilandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, “Navbahor” PFK rahbariyati hamda jamoaning yangi bosh murabbiyi, mamlakatimizdagi eng sovrindor va tajribali mutaxassislardan biri Samvel Babayan hamkorligida “Navbahor”ning shonli davrlaridagi muvaffaqiyatli an’analarini tiklash, “Navbahor” brendini qayta jonlantirish, akademiyadan to asosiy jamoagacha bo‘lgan vertikal tizimni shakllantirish, akademiyadagi futbolchilarni klub va uning an’analarini hurmat qiladigan darajada yuksak professionalizm va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash eng ustuvor vazifa sifatida belgilandi. “Navbahor” PFK ushbu ezgu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, jamoa tarkibini yanada kuchaytirish niyatida katta transferlarni amalga oshirmoqda, yana bir qator mahoratli futbolchilar bilan muzokaralar davom etmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, “Navbahor” PFK Namangan viloyati hokimi rahnamoligida hozirning o‘zida viloyatda futbolni rivojlantirishning yangicha hisobotini yuritishni boshlab ulgurdi.
Jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan transferlar, kelgusi mavsumni “Navbahor” safida boshlaydigan futbolchilar haqida klubning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma’lumot berib borilishi ma’lum qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi