18:37 / 11.12.2021
2 011

«Navbahor» Andrey Kanchelskis bilan bog‘liq masala ijobiy hal etilganini e’lon qildi

«Navbahor» Andrey Kanchelskis bilan bog‘liq masala ijobiy hal etilganini e’lon qildi
Foto: «RIA Novosti»
Namanganning «Navbahor» klubi rossiyalik murabbiylar Andrey Kanchelskis hamda Aleksey Belenkov bilan bog‘liq muammolar ijobiy yakun topganini ma’lum qildi.

Klub matbuot xizmatiga ko‘ra, tomonlar o‘zaro kelishuvga asosan, bir-biriga nisbatan hech qanday da’volari yo‘qligini bildirgan.

«Navbahor» PFK hamda rossiyalik murabbiylar — Aleksey Belenkov va Andrey Kanchelskis bilan bog‘liq masala ijobiy yakun topdi. Har ikki tomon — ya’ni, klub va murabbiylar o‘zaro kelishuvga asosan, bir-biriga nisbatan hech qanday da’volari yo‘qligini bildirdi».
«Navbahor» PFK matbuot xizmati

Shuningdek, mazkur masalada murabbiylar bilan hamkorlik qilgan Sila International Lawyers sport yuridik firmasi ham barcha narsa ijobiy hal etilganini ma’lum qildi.

Klub va uning sobiq murabbiylari o‘zaro manfaatli shartlarda kelishuv bitimlarini tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Tomonlarning bir-biriga hech qanday da’volari yo‘q va nizo ijobiy tarzda yakunlanganidan mamnun ekanini bildirdi.

Sila International Lawyers FIFA va CAS’da Andrey Kanchelskis va Aleksey Belenkovlarning manfaatlarini himoya qilgan.

Sila International Lawyers bayonoti

Kanchelskis 2020 yilda maoshlarini vaqtida olmagani uchun «Navbahor» bilan shartnomani bekor qilgandi. Shundan so‘ng u qolib ketgan maoshlarini undirish uchun FIFAga ariza yozgani haqida xabar berilgandi. FIFA esa Kanchelskis va «Navbahor» o‘rtasidagi ishni rossiyalik murabbiy foydasiga hal qilib, klubga 1,6 million dollar to‘lab berishni yukladi.

Andrey Kanchelskis 22 noyabr kuni kechki ovqat vaqtida noma’lum shaxslar uning yoniga kelib, «Navbahor» jamoasiga qo‘yayotgan talablarni kamaytirishni qat’iy so‘raganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Andreyga 80 ming yevroga rozi bo‘lish taklif etilgan, aks holda uni nogiron qilish bilan tahdid qilingan. Biroq Namangan klubi shundan so‘ng rasmiy bayonot berib, «1,6 million dollar kompensatsiya» qarori yuzasidan berilgan apellyatsiyada klubning yutib chiqishga yaqin ekani, shu bois rossiyalik mutaxassis CAS’da o‘zini oqlash uchun turli uydirma va bo‘htonlar o‘ylab topayotgan bo‘lishi mumkinligi aytib o‘tgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Navbahor» Andrey Kanchelskis bilan bog‘liq masala ijobiy hal etilganini e’lon qildi