21:06 / 11.12.2021
2 752

Pochettino PSJda tozalashni boshladi: u bir yo‘la yetti futbolchidan voz kechdi

Pochettino PSJda tozalashni boshladi: u bir yo‘la yetti futbolchidan voz kechdi
PSJ moliyaviy imkoniyatini barqarorlashtirish maqsadida yetti nafar futbolchisini sotib yuboradigan bo‘ldi. Bu haqda L’Équipe nashri xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Parij klubini darvozabon Serxio Riko, himoyachilar Abdu Diallo, Leyvin Kurzava, Kolin Dagba, yarim himoyachilar Erik Ebimbe, Rafinya va hujumchi Mauro Ikardi tark etishi kerak.

Jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yaqinda klub rahbariyatiga 33 futbolchidan iborat umumiy tarkibni boshqarish qiyinchilik tug‘dirayotgani haqida arz qilgandi. Shundan so‘ng, PSJ mutasaddilari tarkibni qisqartirishga qaror qildi.

Bundan tashqari, mavsum oxirida jamoani asosiy to‘purar Kilian Mbappe ham tark etishi kutilmoqda. Hujumchi klub rahbariyatining so‘nggi taklifini ham qabul qilmadi va erkin agent sifatida boshqa chempionatga o‘tmoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pochettino PSJda tozalashni boshladi: u bir yo‘la yetti futbolchidan voz kechdi