Rasman! Yovan Jokich "Navbahor" futbolchisi!

Rasman! Yovan Jokich "Navbahor" futbolchisi!
Navbahor” klubi yangi o‘yinchilarning transferini e’lon qilishni boshladi. Bugun Sports.uz saytida klub prezidenti Otabek Samatov bilan uyushtirilgan suhbatni hukmingizga havola etgandik. Unda seleksiya allaqachon boshlangani va tez orada yangiliklarni e’lon qilinishi haqida bejizga to‘xtalmagandi.

Boisi, “Navbahor” matbuot xizmati AGMKda to‘p surgan serbiyalik yarim himoyachi Yovan Jokich bilan kelishuvga erishilganligini rasman ma’lum qildi. Shunday qilib, u 2022 yilgi mavsumni "Navbahor" libosida o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun!

YOVAN JOKICH
Tug‘ilgan sanasi: 1992 yil 13 avgust
Tug‘ilgan joyi: Brus, Yugoslaviya
Fuqaroligi: Serbiya
Ampluasi: yarim himoyachi

Serbiyaning “Yavor”, “Rudar”, Qozog‘istonning “Atirau”, Toshkentning “Lokomotiv” va Olmaliqning AGMK klublarida to‘p surgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar