16:23 / 13.12.2021
4 432

Hamyurtimiz PSJ bilan shartnoma imzoladi

Hamyurtimiz PSJ bilan shartnoma imzoladi
Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Davlat Bobonov Fransiyaning PSJ klubi a’zosiga aylandi.

O‘z tarkibiga mashhur dzyudochilarni jamlagan Parij klubi Yevropa Ligasida ishtirok etadi. PSJ rahbariyati Bobonovni ham o‘z safiga qo‘shib oldi. Hamyurtimiz klublar o‘rtasidagi Yevropa Ligasida Fransiya jamoasi sharafini himoya qiladi va tabiiyki, bu bilan o‘z tajribasini yanada oshirib boradi.

PSJ tarkibida afsonaviy Teddi Riner, shuningdek yaqindagina Abu-Dabi "Katta Dubulg‘a" turnirida chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan moldovalik Denis Viyeru, Alfa Djalo singari dzyudochilar bor.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport