Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi – IFFHS 2021 yil yakunlari bo‘yicha Osiyo futbol konfederatsiyasi ramziy terma jamoasini tuzib chiqda.
Qizig‘i, qit’aning eng zo‘r futbolchilari qatoriga 2021 yil davomida «Jenoa» va «Roma»da muvaffaqiyatli harakat qilgan Eldor Shomurodovga joy topilmadi. Xalqaro tashkilotning bu qarorini O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatining saralashini muvaffaqiyatsiz yakunlagani bilan izohlash mumkin. Demak Osiyo qit’asining ramziy terma jamoasi bilan tanishamiz.
Darvozabon: Metyu Rayan (Avstraliya/ «Arsenal» / «Real Sosedad»)
Himoyachilar: Takexiro Tomiyasu (Yaponiya/ «Bolonya» / «Arsenal»), Xosseyn Kanaanizadegan (Eron/ «Persepolis» / «Al-Ahli»), Abdul Karim Hasan (Qatar/ «As-Sadd»), Yassir Ash-Shahroniy (Saudiya Arabistoni/ «Al-Hilol»).
Yarim himoyachilar: Takefusa Kubo (Yaponiya/ «Real» / «Xetafe»), Yuya Osako (Yaponiya/«Vissel Kobe»), U Ley (Xitoy/ «Espanol»).
Hujumchilar: Ali Mabxut (Birlashgan Arab Amirliklari/ «Al-Jazira»), Sardor Azmun (Eron / «Zenit»), Son Xin-Min (Janubiy Koreya/ «Tottenxem»). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"